Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi
10 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 17 aprelga o‘tar kechasi kuchga kiradi.
Foto: Angela Johnston/CBC News
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini e’lon qildi.
Isroil va Livan o‘rtasidagi 10 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimi 17 aprelga o‘tar kechasi kuchga kiradi, dedi AQSh prezidenti.
«Men hozirgina Livan prezidenti hurmatli Jozef Aun va Isroil bosh vaziri Bibi Netanyahu bilan samarali suhbatlar o‘tkazdim. Ikki yetakchi o‘z mamlakatlari o‘rtasida tinchlikka erishish uchun rasman 10 kunlik sulh e’lon qilishga kelishib oldilar», dedi Tramp.
Isroil va Livan 1948 yilda Isroil tashkil topganidan beri rasman urush holatida qolmoqda.
8 aprelga o‘tar kechasi AQSh va Eron o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Shu bilan birga, Isroil Eron tarafdori «Hizbulloh» guruhi joylashgan Livanga zarba berishda davom etdi. AQSh hukumati o‘t ochishni to‘xtatish Livanga taalluqli emasligini aytdi.
Isroil Livan bilan emas, balki Livan hududidagi «Hizbulloh» guruhi bilan jang qilayotganini ta’kidladi.
Livan rasman Isroil davlatini tan olmaydi.
Mavzuga oid
10:07 / 18.04.2026
AQSh Rossiya neftiga oid yengilliklarni 16 maygacha uzaytirdi
22:12 / 17.04.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganiga qaramay, Eron portlari blokadasi saqlanib qolishini aytdi
19:30 / 17.04.2026
AQShning Ho‘rmuz blokadasi ish beradimi? Trampning maqsadi nima?
17:37 / 17.04.2026