AQŞ Rossiya nefti va neft mahsulotlarini, agar ular allaqaçon tankerlarga yuklangan bölsa, sotişga doir litsenziya muddatini 16 maygaça uzaytirdi. Bu haqda 18 aprel, şanba kuni Reuters agentligi xabar qildi. Bundan avval AQŞ Moliya vazirligi rahbari Skott Bessent Vaşington mazkur istisnolarni uzaytirmasligini bildirgan edi.
Rossiya neftini eksport qiliş böyiça AQŞ tomonidan joriy etilgan avvalgi yengilliklar 13 mart kuni energiya taşuvçilar narxi ösişi şaroitida kiritilgan edi. Bu ösiş Erondagi uruş oqibatida yuzaga kelgan bölib, mazkur yengilliklar 30 kun — 11 aprelgaça amal qilgan. Öşanda Bessent bu çorani “tor doiraga qaratilgan va qisqa muddatli” tadbir deb atab, u Moskva neft daromadlariga sezilarli ta’sir körsatmasligini ta’kidlagan edi.
Ayni paytda The New York Times gazetasi 13 aprel kuni xabar berişiça, AQŞ sanksiyalarni yumşatganidan söng Rossiya neft savdosidan har kuni qöşimça 100 million dollardan ortiq daromad ola boşlagan. Xalqaro energetika agentligi (XEA) ma’lumotlariga köra, Yaqin Şarqdagi uruş tufayli mart oyida Rossiyaning neft savdosidan tuşgan daromadi fevralga nisbatan deyarli ikki barobarga oşib, 19 milliard dollarga yetgan.
Şu bilan birga, The New York Times qayd etişiça, AQŞning Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yumşatişi jahon neft narxlariga katta ta’sir körsatmagan. Donald Tramp ma’muriyati aynan şu yöl bilan neft narxlari ösişini muvozanatlaştirişni istagan edi. Gazetaga köra, buning sababi — Rossiya neftining sezilarli qismi xalqaro çeklovlarni çetlab ötib, “soya floti” tankerlarida taşilayotganidir.












