Jahon | 22:41 / 18.04.2026
3235
2 daqiqa o‘qiladi

Meta sun’iy intellekt sababli 8 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

Birinchi bosqichda shtatdagilarning 10 foizi yoki 8 ming nafar xodim ishdan bo‘shatiladi. Navbatdagi ishdan bo‘shatishlar rejasi esa sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Foto: JLco Julia Amaral / Shutterstock

Meta kompaniyasida 20 may kuni keng ko‘lamdagi ishdan bo‘shatishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi Reuters uch nafar manbasiga tayanib.

Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda shtatdagilarning 10 foizi yoki 8 ming nafar xodim ishdan bo‘shatiladi. Navbatdagi ishdan bo‘shatishlar rejasi esa sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Kompaniyaning o‘zi mazkur xabar bo‘yicha izoh bermadi.

Qayd etilishicha, ishdan bo‘shatishlar sun’iy intellektdan foydalanish natijasida ish samaradorligining oshishi bilan bog‘liq.

Rahbariyat kompaniya kelajagini kamsonli boshqaruvchilar va sun’iy intellektdan foydalanuvchi xodimlarda ko‘rmoqda.

Meta to‘rt yil avval 11 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatgandi. 2023 yil bahorida esa Mark Tsukerberg yana 10 ming kishini ishdan bo‘shatishini e’lon qildi.

2025 yilda Meta kompaniyasi Scale AI startapiga 15 mlrd dollarga yaqin sarmoya kiritdi. Financial Times nashrining yozishicha, bu sun’iy intellekt uchun kiritilgan eng yirik investitsiyalardan biri hisoblanadi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid