O‘zbekiston | 18:14 / 18.04.2026
2310
2 daqiqa o‘qiladi

Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha dastur tasdiqlandi

9 may kuni “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “uch avlod uchrashuvlari”, tasviriy san’at ko‘rgazmalari, ijodiy kechalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.

Prezident qarori bilan 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, dasturda nazarda tutilgan tadbirlar “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida o‘tkaziladi hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “uch avlod uchrashuvlari”, tasviriy san’at ko‘rgazmalari, ijodiy kechalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari, shuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatiladi.

Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarining o‘z xohishlariga ko‘ra respublika hududidagi sanatoriylarga 1 nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborilishi ta’minlanadi.

Toshkent shahrida 9 may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram mushakbozligi tashkil qilinadi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid