Yurtimiz köçalari böylab harakatlanayotgan avtomobillardagi bayroğimiz tasviri tuşirilgan tasmalarni kördingizmi? “9 may — Xotira va Qadrlaş kuni” degan yopişqoq etiketlarni olgandirsiz?!
Bu şu kunlarda yurtimiz böylab keng nişonlangan va şukuhi hali ham davom etayotgan bayram kayfiyatidan bir lavha. Oçiği, bu yilgi bayram özgaça böldi. Bunday kötarinkilik qutluğ sanaga tayyorgarlik körişdan boşlanib, Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi sölim göşada taşkil etilgan ma'rifiy dasturda ham yaqqol aks etdi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning şu yil 4 apreldagi “Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida”gi Farmoni hamda “Xotira va Qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori doirasida amalga toşirilgan işlar kattayu-kiçikni tölqinlantirib yubordi. Tasavvur qiling: uşbu hujjatlar ijrosi yuzasidan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining har biriga Prezidentimiz tabrigi, 2 million sömdan pul mukofoti, navbatsiz maşina oliş uçun sertifikat topşirildi, ehtiyojmandlarga uy berildi...
Ayyom arafasida internet tarmoği orqali Xotira va Qadrlaş kunini yanada keng tarğib etiş, uning tadbirlari haqida nafaqat yurtdoşlarimiz, balki çet elliklarni ham yaqinroq taniştiriş maqsadida “#Xotirauz” aksiyasi keng ötkazildi. Bir neça kun mobaynida uşbu xeşteg yordamida ijtimoiy tarmoqlarni yurtimizdagi 9 may sanasi bilan boğliq turli tadbirlar qamrab oldi.

Özbekiston iqtidorli yoşlarga boy mamlakat sanaladi. Bugun yigit-qizlarimiz öz bilimlarini kuçaytiriş maqsadida nafaqat yurtimiz, şuningdek, xorijning turli davlatlaridagi oliy öquv yurtlarida ham tahsil olişayapti. E'tiborolisi, bu navqiron avlod vakillarining aksariyati özi öqiyotgan mamlakatda Xotira va Qadrlaş kunini faol tarğib etişdi. Masalan, Xitoyning Zhejiang Normal University talabasi Doston Ermatovni olaylik. U Xotira va Qadrlaş kuni tasviri aks etgan lavhani öqituvçi va döstlari bilan birga tarğib qilib, feysbuk ijtimoiy tarmoğida surati va dil sözlari bilan e'lon qildi.
— Tinç va osoyişta yurtda tuğilganimdan juda ham faxrlanaman, — deb yozadi Dostonbek. — Ota-bobolarimiz yurt tinçligi uçun jonini fido qilişgan. Biz, yoşlar ularni har doim eslab yurişimiz, keksalarni yöqlab, kötarinki kayfiyat va quvonç ulaşib, ularning duosini olişimiz kerak. Axir, qariyalarning duosida xislat köp. Öqişlarimi a'lo darajaga tugatib, ona yurtimga beminnat öz hissamni qöşişga va'da beraman.
Tokio jahon tillari universiteti talabasi Guljahon Nazarova esa Xotira va Qadrlaş kuni munosabati bilan yurtimizda ötkazilgan tadbirlarni yaponiyalik dugonalariga ham faxr bilan aytib berdi. U özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, jumladan, şunday deydi:













