Facebook ijtimoiy tarmoğidagi “Voditeli Taşkenta” (Drivers.uz) guruhi harbiylarni “Nuroniy” jamğarmasi tadbiriga olib borişda kömak berdi. 

"Nuroniy” faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamğarmasi Xotira va qadrlaş kuni şarafiga 5 may kuni Toşkent viloyati “Dörmon boği” restoranida tabdir taşkillaştirdi. 

“Voditeli Taşkenta” guruhi taşabbus körsatdi va faxriylarni transport bilan ta'minlaş taklifini berdi. Tadbirda 350 nafardan ortiq uruş va mehnat faxriylari iştirok etdi. 

50 nafardan ortiq köngilli haydovçilar öz vazifalariga jiddiy yondaşdi: sipo kiyimlarda, muhtaram yölovçilar uçun harbiy yillar musiqalarini qöyib, maşinalarini yasatib kelişdi. Tadbirdan söng haydovçilar faxriylarni uy-uylariga kuzatib qöyişdi.