Jahon | 01:58
1394
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yana yopilganini e’lon qildi

Ta’kidlanishicha, AQSh Erondan chiquvchi va Eronga kiruvchi barcha kemalar uchun to‘liq erkinlikni tiklamaguniga qadar Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat qat’iy nazoratda bo‘ladi 

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qaytadan yopilganini e’lon qildi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

“Hotam al-Anbiyo” markaziy qo‘mondonligi rasmiy  vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh tomonidan dengiz qamali davom etayotgani sababli Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qayta yopiladi. 

"Eron Islom Respublikasi avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq va vijdonan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali cheklangan miqdorda neft va savdo kemalari boshqarilgan holda o‘tishiga rozilik bergandi.  

Ammo amerikaliklar yana bir bor so‘zida turmasdan, qamal niqobi ostida qaroqchilik va dengiz talonchiligini davom ettirmoqda. Shu sababli Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat avvalgi holiga qaytarildi va ushbu strategik suv yo‘li Eron qurollik kuchlarining qat’iy boshqaruvi va nazorati ostida bo‘ladi", - dedi qo‘mondonlik vakili. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh Erondan chiquvchi va Eronga kiruvchi barcha kemalar uchun to‘liq erkinlikni tiklamaguniga qadar Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat qat’iy nazoratda bo‘ladi 

17 aprel kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Isroil va Livan «Hizbulloh» o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish rejimining qolgan muddati uchun Ho‘rmuz bo‘g‘ozi barcha tijorat kemalari uchun ochilganini ma’lum qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi tijorat kemalari uchun ochilganini e’lon qilganidan keyin ham Eronning harbiy-dengiz qamali o‘z kuchida qolishini aytdi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid