Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agrobank - raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosida yangi bosqich sari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 13 martdagi PQ-99-son qarori ijrosini ta’minlash hamda bank xizmatlarini zamonaviy bosqichga olib chiqishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbir davomida bank faoliyatini transformatsiya qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, tezkor va shaffof xizmatlarni kengaytirish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yangi raqamli mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, Agrobank endilikda an’anaviy moliyaviy institutdan kompleks xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy servis ekotizimiga aylanish yo‘lida izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Bu jarayonda raqamli texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt asosidagi yechimlar muhim o‘rin tutmoqda.
Shuningdek, bank tomonidan mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida turli xizmatlarni yagona platformada jamlash, raqamli servislar ko‘lamini kengaytirish hamda innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.