Agrobank’ning “Qahramonlar” hujjatli loyihasining navbatdagi soni Özbekiston milliy terma jamoasi futbolçisi Otabek Şukurovga bağişlandi. Filmda futbolçining bolalikdagi orzulari, akademiyadagi sinovlari, legionerlik bosimi, maydon ortidagi mehnati va professional futbolgaça bölgan maşaqqatli yöli xaqida.

Agrobank Jahon çempionati translatsiyasining boş homiysi sifatida futbol muxlislariga nafaqat muhim sport voqeligini, balki uning ortida turgan insoniy hikoyalarni ham yoritib bermoqda. “Qahramonlar” loyihasining uşbu soni Otabek Şukurov misolida futbolçilik kasbi qanday fidoyilik, intizom va sabr talab qilişini körsatadi.

“Qahramonlar” — öz sohasida mehnati, mas’uliyati va fidoyiligi bilan ajralib turgan insonlarning real hikoyalarini hujjatli formatda taqdim etuvçi loyiha. Unda qahramonlarga öz yöli, sinovlari, qarorlari va hayotiy tajribasi haqida bevosita sözlaş imkoniyati beriladi. Avvalgi sonlarda turli soha vakillari hikoya qilingan bölsa, bu gal loyiha markazida futbol va milliy terma jamoa vakili — Otabek Şukurov mehmon böldi.

Filmda Otabek Şukurov futbolga oddiy qiziqiş emas, hayot tarzidek qaraş kerakligini aytadi. Uning fikriça, professional futbolçi böliş uçun futbol insonning har bir kunida, har bir qarorida va hatto har bir nafasida bölişi kerak. Aks holda, bu yöl u uçun muvaffaqiyatli bölmasligi mumkin.

Otabek Şukurov bolalik va akademiya davridagi qiyinçiliklarni eslar ekan, futbolçining ilk sinovlari maydondagi katta öyinlardan ança oldin boşlanişini ta’kidlaydi. U akademiyada qişin-yozin tonggi soat 5 da turib, kun davomida tanaffussiz maşğulotlarda qatnaşgan davrlarini eslaydi. Ba’zan kunlar faqat maşğulot, ovqatlaniş, uyqu va yana maşğulot bilan ötgan. Hatto kulmasdan, ortiqça gaplaşmasdan, bor e’tiborini faqat futbolga qaratgan vaqtlari ham köp bölgan.

Filmning eng ta’sirli epizodlaridan biri — Otabek Şukurovning butsalar bilan boğliq xotiralari. Uning aytişiça, futbolda futbolçining butsasi yirtilişi ham bir ma’noda baxt: “Butsasi yirtilmagan futbolçi futbolçi emas”, degan qaraş unda erta şakllangan. U akademiyada nafaqat özining, balki safdoşlarining ham yirtilgan butsalarini tikib, ta’mirlab bergan. Bu iş orqali oz bölsa-da pul işlab, kam-köstini töldirgan.

Şukurovning aytişiça, butsani ta’mirlaş uçun şahar markaziga boriş maşğulotlardan vaqt oliş bilan birga, moliyaviy tomondan ham çöntakka zarar bölgan. Şu sababli u buni özi örganib olgan. Avvaliga bu alohida maqsad bilan boşlanmagan, biroq bir işni qayta-qayta bajariş natijasida u bu borada ham tajriba orttirgan. Hatto butsa tikiş uçun kerak böladigan çarm yoki yamoq matolarni körib qolsa, yiğib yuradigan darajaga yetgan.