Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
O‘zbekistonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyatini tartibga soluvchi yangi tahrirdagi qonun qabul qilinib, u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kirishi belgilandi.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–1137-son, 2026 yil 21 aprel) davlat rahbari tomonidan imzolandi.
Qayd etilishicha, ushbu qonun bilan MChJ faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi joriy etilmoqda, sohadagi huquqiy bo‘shliqlar bartaraf etilmoqda hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqiy kafolatlari yanada kuchaytirilmoqda.
Qonun jami 71 ta moddadan iborat bo‘lib, uni ishlab chiqishda mahalliy va xorijiy ekspertlar fikrlari, jamoatchilik takliflari hamda ilg‘or xalqaro tajriba inobatga olingan.
Hujjatda bir qator muhim yangiliklar nazarda tutilgan. Xususan, jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlari va a’zolarini saylash tartibi aniq belgilab qo‘yilmoqda. Shuningdek, kengash qarorlarini sirtdan ovoz berish orqali qabul qilish imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Yana bir muhim jihat — xalqaro amaliyotga muvofiq kuzatuv kengashi a’zolari va ijro etuvchi organlar uchun fidutsiar majburiyatlar joriy etilmoqda.
Qonunga ko‘ra, MChJ nafaqat litsenziya asosida, balki boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar yoki xabardor qilish tartibida ham faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, jamiyatlarning filial va vakolatxonalarini, shu’ba va qaram xo‘jaliklarini tashkil etish tartiblari ilk bor alohida modda sifatida mustahkamlanmoqda.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026
Ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlaganlar jarimaga tortiladi
23:08 / 04.04.2026