Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 24 kg gashish ushlandi
Farg‘ona vodiysida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan yirik miqdordagi narkotik modda fosh etildi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ichki ishlar va bojxona idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, oldindan kuzatuvga olingan shaxs qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan va muqaddam narkojinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs o‘zining qirg‘izistonlik tanishlari tomonidan Xo‘jaobod tumanidagi xufiya joyga yashirib ketilgan 24 kg 475 gramm “gashish” moddasini qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi hamda 25,273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, jinoiy sheriklarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Fuqarolarga shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qilish tavsiya etildi. Shaxs sir saqlanishi kafolatlanadi.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
08:51 / 20.06.2026