Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marokash turizmni kuchaytirish uchun yirik megaloyiha ochdi
Marokashda 700 mln dollar qiymatidagi zamonaviy osmono‘par majmua ishga tushirilib, mamlakat turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi bosqich boshlandi.
Foto: AP
Marokash hukumati turizm sohasini rivojlantirish doirasida yirik infratuzilma loyihasini amalga oshirdi. Mamlakatda qurilgan zamonaviy osmono‘par majmua rasman ochilib, u nafaqat arxitektura jihatdan, balki iqtisodiy ahamiyati bilan ham muhim obekt sifatida baholanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu majmua tarkibiga lyuks mehmonxona, restoranlar, biznes markazlar va yuqori darajadagi turar joylar kiradi. Bu esa uni nafaqat turistlar, balki xalqaro investorlar uchun ham jozibador maskanga aylantirmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bunday megaloyihalar Marokashning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlab, mamlakatni global turizm markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, loyiha yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, rasmiylar kelgusida turizm infratuzilmasini yanada kengaytirish va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid
22:05 / 23.04.2026
500 yil odamlardan yashirilgan shahar va Buyuk devor sirlari – Chin yurtiga safar
22:08 / 16.04.2026
Samarqanddagi 9 gektar maydonda yangi Ipak yo‘li muzeyi barpo etiladi
10:03 / 09.04.2026
Umid Shodiyev O‘zbekistonning BAAdagi elchisi bo‘ldi
20:03 / 26.03.2026