Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
Dubay xalqaro aeroporti faoliyatining to‘xtab qolishi amirlik iqtisodiyoti uchun daqiqasiga taxminan million dollarga tushgani aytilmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklari o‘z havo hududini to‘liq ochdi. Bu haqda 2 may kuni mamlakat Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, BAA havo hududidan vaqtinchalik xavfsizlik cheklovlari olib tashlangan va parvozlar boshqaruvining odatiy rejimiga qaytilgan.
Parvozlarning maksimal darajada xavfsizligini ta’minlash uchun vaziyat doimiy monitoring qilib boriladi, deyiladi rasmiy axborotda.
Yaqin Sharqda, xususan BAAda aviatsiya tarmog‘i joriy yil 28 fevralda, AQSh va Isroil Eronga hujum boshlagani hamda Tehronning javob zarbalari tufayli izdan chiqqan edi.
Urush tufayli Fors ko‘rfazida joylashgan qator davlatlar muayyan vaqt mobaynida havo hududini fuqaro aviatsiyasi uchun to‘liq yopishiga to‘g‘ri keldi.
NDTV World baholashlariga ko‘ra, Dubay xalqaro aeroporti faoliyatining to‘xtab qolishi amirlik iqtisodiyoti uchun daqiqasiga taxminan 1 mln dollarga tushadi.
Aviakompaniyalar va mehmonxonalar ko‘rayotgan zararni ham jamlaganda, beqarorlik tufayli BAA iqtisodiyoti jiddiy yo‘qotishlarga uchradi.
Mavzuga oid
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
18:53 / 28.06.2026
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026