Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
Unda Erondan «hujumlarni, minalashtirishni va yig‘imlarni to‘xtatish» talabi mavjud.
Foto: REUTERS
AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi, unda Erondan «hujumlarni, minalashtirishni va yig‘imlarni to‘xtatish» talabi mavjud. Rezolyutsiya matni AQSh Davlat departamenti saytida e’lon qilindi.
AQSh davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, loyiha prezident Donald Tramp topshirig‘iga binoan ishlab chiqilgan. Kemalarga hujumlarni to‘xtatishdan tashqari, Vashington Tehrondan dengizda o‘rnatilgan minalarining aniq joylashuvini oshkor qilishni va ularni olib tashlashga yordam berishni, shuningdek, mintaqada gumanitar yo‘lak yaratishni qo‘llab-quvvatlashni talab qilmoqda.
Hujjatga Bahrayn, Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt va Qatar hammualliflik qildi. AQSh yaqin kunlarda rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berish jarayonini kutmoqda. Marko Rubio Rossiya va Xitoyni hujjatni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Aprel oyi boshida Bahrayn BMT Xavfsizlik Kengashining Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha rezolyutsiyasi loyihasini tayyorladi. U kuch ishlatishga ruxsat berishni nazarda tutgan va Rossiya, Xitoy va Fransiya tomonidan bloklangan. 7 aprel kuni Rossiya va Xitoy hujjatni qabul qilishga veto qo‘ydi.
4 may kuni Eron 8 aprelda e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi boshlanganidan beri birinchi marta Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tayotgan Amerika esminetslari va savdo kemalariga hujum qilishga urindi. Shuningdek, BAA energetika obektlariga ham hujum uyushtirildi.
Mavzuga oid
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
22:40 / 05.05.2026
AQSh prezidenti Eronga kurashni davom ettirishdan voz kechishni maslahat berdi
15:10 / 05.05.2026
CBS: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Amerikaning ikki esminetsiga hujum qildi
13:42 / 05.05.2026