Biznes | 08:42
792
2 daqiqa o‘qiladi

​​​​​​​Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi bozor kapitallashuvining 1 trillion dollarlik chegarasidan o‘tib, bunday ko‘rsatkichga erishgan dunyodagi 13-korporatsiyaga aylandi.

Foto: Samsung

Bu Bloomberg nashrining Apple kompaniyasi Samsung bilan AQShda o‘z qurilmalari uchun asosiy protsessorlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ehtimoliy hamkorlik bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib borgani haqidagi xabaridan keyin sodir bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, muzokaralar hozircha boshlang‘ich bosqichda, biroq ehtimoliy hamkorlik Apple’ning chiplarni yetkazib berish zanjirini diversifikatsiya qilishga intilishini ta’kidlaydi. Samsung, shuningdek, chiplar ishlab chiqarishga katta sarmoya kiritishini e’lon qildi, bu ham uning aksiyalari o‘sishiga ta’sir ko‘rsatdi.

Kompaniyaning Seul birjasidagi aksiyalari 6 may kuni 11 foizdan ko‘proqqa ko‘tarilib, har bir aksiya uchun 261 500 von (179,3 dollar) miqdorida yangi rekord darajaga yetdi. 2026 yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Samsung Electronics operatsion foydasini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 48 barobarga oshirib, 53,7 trillion vonga (36 milliard dollar) yetkazdi. Guruhning sof foydasi 47,1 trillion vonga yetdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid