Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat «aqlli» kameralar orqali nazorat qilinadi
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim maktablarda sinov tariqasida o‘rnatilayotgan «aqlli» kameralar davomatni nazorat qilish jarayonini samarali tashkil etishda qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llanilmoqda.
Toshkentdagi ayrim maktablarda davomatni «aqlli» kameralar orqali nazorat qilish boshlandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar ko‘paygach, tartib amalda qanday yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, o‘quvchilar davomati har kuni sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilari tomonidan «e-maktab» platformasi orqali belgilab boriladi.
Shuningdek, sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilar bo‘yicha maktabda faoliyat yurituvchi inspektor-psixolog tomonidan ota-onalarga rasmiy ogohlantirish xati yuboriladi. Unda farzandning darsga muntazam qatnashini ta’minlash talab qilinadi va bu majburiyat bajarilmasa, qonuniy javobgarlik yuzaga kelishi mumkinligi bildiriladi.
Vazirlikka ko‘ra, o‘quvchilarning darsga muntazam qatnashmasligi holatlari aniqlanganda, ota-onalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim maktablarda sinov tariqasida o‘rnatilayotgan «aqlli» kameralar davomatni nazorat qilish jarayonini samarali tashkil etishda qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llanilmoqda.
Bu tizim maktab ma’muriyatiga o‘quvchilarning darslarda ishtirokini kuzatish imkonini berishi, shuningdek, ota-onalarga farzandlarining maktabdagi holatini onlayn nazorat qilish va xavfsizligini ta’minlashda yordam berishi ta’kidlangan.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026