Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi
«To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (Agentlik) hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.
Agentlik to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Agentlikning to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish;
- to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish.
O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilari a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etiladi.
Palata o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:05 / 12.05.2026
Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etildi
18:38 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tuzildi. Unga Azizbek Urunov rais bo‘ldi
20:57 / 03.04.2026
Qarzini uzolmasdan bankrot bo‘layotgan firmalarga oyoqqa turib olishida yordam beriladi
14:49 / 16.12.2025