Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbarining joriy yil yanvar oyida Anqaraga rasmiy tashrifi O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yangi, yanada yuqori bosqichga olib chiqqani ta’kidlandi.
Oliy darajada erishilgan muhim kelishuvlar ijrosi yuzasidan faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, vazirlik va idoralar o‘rtasida yangicha tizim yaratilgani natijasida ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari samarali rivojlanayotgani qayd etildi.

Joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar, mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlarning soni jadal o‘sib bormoqda. Turk kompaniyalari ishtirokida salmoqli loyihalar portfeli shakllantirilib, ishlar izchil amalga oshirilyapti.
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari xalqaro hamda mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Mavzuga oid
21:50 / 14.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026