Jamiyat | 10:59
638
1 daqiqa o‘qiladi

Metrodan eng ko‘p payshanba va juma kunlari foydalanilmoqda

Toshkent metropolitenida 2026 yil may oyida yo‘lovchilar oqimi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, haftaning payshanba va juma kunlari metro eng gavjum kunlar sifatida qayd etilmoqda. 8 may kuni esa poytaxt metrosi bir sutkada 1 mln 117 ming 61 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, tarixiy rekord o‘rnatdi.

Foto: Kun.uz

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 8 may kuni metropoliten xizmatlaridan 986 ming 916 nafar yo‘lovchi foydalangan bo‘lsa, 2026 yil 7 may kuni bu ko‘rsatkich 1 mln 105 ming 883 nafarga yetgan. Natijada yo‘lovchilar oqimi 12 foizga oshgan.

Shuningdek, 2025 yil 15 may kuni 953 ming 220 nafar yo‘lovchi metro xizmatidan foydalangan bo‘lsa, 2026 yil 14 may kuni ushbu ko‘rsatkich 1 mln 44 ming 736 nafarga yetdi. Bu esa 9,6 foizlik o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Yana bir muhim natija sifatida, 2026 yil 8 may kuni Toshkent metropoliteni bir kun davomida 1 mln 117 ming 61 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80,5 foizga yuqori natija hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid