Statistik ma’lumotlarga köra, 2025 yil 8 may kuni metropoliten xizmatlaridan 986 ming 916 nafar yölovçi foydalangan bölsa, 2026 yil 7 may kuni bu körsatkiç 1 mln 105 ming 883 nafarga yetgan. Natijada yölovçilar oqimi 12 foizga oşgan.
Şuningdek, 2025 yil 15 may kuni 953 ming 220 nafar yölovçi metro xizmatidan foydalangan bölsa, 2026 yil 14 may kuni uşbu körsatkiç 1 mln 44 ming 736 nafarga yetdi. Bu esa 9,6 foizlik ösişni körsatmoqda.
Yana bir muhim natija sifatida, 2026 yil 8 may kuni Toşkent metropoliteni bir kun davomida 1 mln 117 ming 61 nafar yölovçiga xizmat körsatib, rekord körsatkiçni qayd etdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 80,5 foizga yuqori natija hisoblanadi.
Metrodan eng köp payşanba va juma kunlari foydalanilmoqda
15:59 / 16.05.20263 7581 min
Toşkent metropolitenida 2026 yil may oyida yölovçilar oqimi ötgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada oşdi. Ayniqsa, haftaning payşanba va juma kunlari metro eng gavjum kunlar sifatida qayd etilmoqda. 8 may kuni esa poytaxt metrosi bir sutkada 1 mln 117 ming 61 nafar yölovçiga xizmat körsatib, tarixiy rekord örnatdi.













