Kunduz kuni odamlar bilan gavjum böladigan metroda tunda ham hayot qaynaşi haqida bilarmidingiz? Tunnellar orasida yaşirin yöllar borligi-çi, heç quloğingizga çalinganmi? Balki siz ham bekatlarda yaşirin eşik va sirli yöllar bor deb öylarsiz. Xöş, bu haqiqatga qançalik yaqin? Kun.uz jamoasi metroning 1 sutkalik faoliyatini kuzatib, uning şu vaqtgaça noayon bölgan köplab jihatlarini örgandi.
1977 yilning 6 noyabr kuni Markaziy Osiyodagi ilk metro tizimi – Toşkent metropoliteni yölovçilar uçun öz eşiklarini oçdi. Mana, 47 yil ötibdiki, u poytaxt avto hayotidagi muhim transport vositasi sifatida öz örnini yöqotmay, şahardagi tirbandliklarni kamaytirişga hissa qöşmoqda.
Uşbu yer osti transportida dastlab, "Çilonzor" yönalişida 9 ta bekat mavjud edi. Yillar davomida tarmoqlar kengayib, 1984 yilda "Özbekiston" yönalişi, 2001 yilda "Yunusobod" yönalişi işga tuşirildi. 2020 yilda esa "Yer usti halqa yöli" yönalişi foydalanişga topşirildi va şu tariqa yönalişlar soni törttaga yetdi. Hozirda Toşkent metrosi 71 km uzunlikdagi yöllari va 50 ta bekati bilan şaharning turli nuqtalarini özaro boğlab turibdi. Uning yordamida atigi 3 ming söm evaziga şaharning u çetidan bu çetiga taksida yurgandan köra tezroq yetib oliş mumkin: bu orqali ham vaqtingizni tejaysiz, ham naqdingizni.

Toşkent metrosi dunyodagi eng arzon metrolardan biri. Biroq uning bekatlari jahondagi eng yirik metro – Şanhay metrosidan ham haşamatliroq, Nyu York metrosidan xavfsizroq, Parij metrosidan tozaroq, Moskva metrosidan tinçroq. Mustahkamligi-çi deysizmi?
Zilzilaga bardoşliligi Tokio va Istanbul metrolaridan kam emas. Yer osti va yer usti yöllari seysmik zonada joylaşgani sababli yer qimirlaşiga çidamli konstruksiya asosida qurilgan va qalin beton qatlamlar bilan qoplangan. Ba’zi bekatlari yer ostidan bir neça metr pastda joylaşga bölsa-da, u yerda hatto zah va namlikni deyarli sezmaysiz. Bir söz bilan aytganda, poytaxt metrosi yuqori çidamlilik asosida uzoq yillar davomida foydalanişga möljallab barpo etilgan.
“Mana, yarim asrga yaqin vaqt ötyaptiki, eng birinçi qurilgan bekatlarning noyob arxitekturasiga şikast yetmagan, ilk marta foydalanişga topşirilgandagi holatini saqlab qolgan. Iş boşlagan vaqtimizda metro kotlovan holatida edi. Uşbu inşoot oçiq metod asosida loyihalaştirilgan, gidrogeologik şaroit taqozosi bilan stansiyalar yer yuzidan çuqur bölmagan hududda qurilgan. Jarayonda 99 foiz mahalliy quriliş mahsulotlari işlatilgan, ular orasida mustahkamligi va çidamliligi bilan ajralib turuvçi tabiiy toşlar ham mavjud. Masalan, “Langar”, “Sevasa”, “Labradorit” granitlari yuriş yölaklarida qöllangan, bu toşlar işqalaniş koeffitsiyenti eng yuqori materiallardan bölib, odamlar uning ustida intensiv ravişda qança köp harakatlansa, 150-200 yilgaça öz sifatini yöqotmay turişi mumkin. Ustunlarda Nurota marmarlari qöllangan. Stansiyalarning yönaliş devorlari esa keramik sopol bölaklar bilan bezatilgan.
Sovet ittifoqi davrida Özbekistonda birinçi marta metro qurilişida nou-hau sifatida temir-beton konstruksiyalar qöllangan. Ungaça heç qaysi davlatda bu usuldan foydalanilmagan. Toşkent metrosi mazkur tajribasi keyinçalik boşqa davlatlardagi metro qurilişiga andoza bölgan”, – deydi “Soyuzmetrospesstroy” va “ToşMetroQuriliş” trestlarida iş boşqaruvçi sifati faoliyat yuritgan injyener-quruvçi Sobir Şermuhammad.

Yölovçilarni tez va oson manziliga yetkazuvçi Toşkent metrosi nafaqat mustahkamligi, balki xavfsiz ekani bilan ham öziga xosdir. Bekatlarga kirişingiz bilan tartibli muhit va texnologiyalar asosida taşkil etilgan nazorat tizimi e’tiboringizni tortadi: avval metall detektorlardan ötasiz, söngra xavfsizlik xodimlari qöl yuklaringizni tekşiradi. Har bir bekatda kuzatuv kameralari örnatilgan, yölovçilarning xavfsizligi doimiy ravişda nazorat qilinadi. Hatto, eskalator faoliyatini kuzatiş uçun ham alohida xodim ajratilgan.
“Eskalatordan foydalanayotgan ota-onalar yoş bolalarining qölidan uşlamay, ularni erkin qöyib yuboradi, ehtiyotsizlik natijasida bolalar yiqilib tuşadi. Ba’zida keksa yölovçilarning boşi aylanib, tobi qoçib qoladi. Şuningdek, kiyim etagi eskalator zinasiga kirib ketişi kabi turli vaziyatlar uçraydi. Ana şunday paytlarda odamlarning xavfsizligini ta’minlaş uçun eskalatorni töxtatamiz va birinçi yordam körsatamiz. Yölovçilarning diqqatini oşiriş uçun ogohlantiriş yozuvlarini qöyamiz. Odamlar yöq paytda qurilmani öçiramiz, yölovçilar yaqinlaşganda işga tuşiramiz, bu esa elektr energiyasining tejalişiga xizmat qiladi”, – deydi eskalator kuzatuvçisi Mahbuba Turdialiyeva.
Ma’lum qilinişiça, ayni vaqtda yer osti bekatlarida texnik jihatdan eskirgan eskalatorlarni yangisiga almaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. “Xalqlar döstligi” hamda “Novza” bekatlariga zamonaviy eskalatorlar örnatilgan, “Paxtakor”, “Mustaqillik maydoni”, “Hamid Olimjon” bekatlarida jarayonlar davom etmoqda.

Hozirga kelib Toşkent metrosini har kuni milliondan ortiq yölovçi özi uçun qulay transport vositasi sifatida tanlaydi, ya’ni metropolitenning kunlik odam taşiş hajmi 1 milliondan oşgan. Tasavvur qilyapsizmi, tong sahar 05:00 dan faoliyatini boşlaydigan bekatlarda keçki soat 00:00 gaça ya’ni 17 soat davomida Özbekiston aholisining 2,7 foizi harakatlanadi.
Yölovçi oqimi köpaygani sabab yerosti bekatlaridagi 2-vestibyuli yopiq bölgan 5 ta bekatning (“Milliy boğ”, “Yunus Rajabiy”, “Ğafur Ğulom”, “Özbekiston” va “Maşinasozlar”) vestibyullarini oçib, işga tuşiriş, şuningdek, 9 ta bekatda ona va bola xonasi hamda hojatxonalar quriş rejalaştirilgan.

Toşkent metrosida nafaqat zamonaviylik, balki ötmişning ham nafasi ufuradi. “Tinçlik” bekati noyob qandillari bilan insonni öziga rom etsa, undan ikki bekat avvalda joylaşgan “Paxtakor” stansiyasi nafis ganç öymakorligi va mozaikalari bilan noyob sanaladi. Nostalgia kayfiyatni beradigan atmosferalarni “Alişer Navoiy”, “Kosmonavtlar”, “Beruniy”, “Çilonzor”, “Bodomzor” bekatlarida ham uçratişingiz mumkin.

Eng gavjum bekatlar “Alişer Navoiy”, “Paxtakor”, “Amir Temur xiyoboni”, “Çilonzor” bekatlari bölib, iş va öqiş boşlaniş yoki tugaş vaqtida bu yerda bölib qolsangiz, özingizni göyo Hindistondagi tirbandliklarga tuşib qolgandek his qilasiz.

“Turkiston”, “Milliy boğ”, “Mirzo Uluğbek”, “Tinçlik” bekatlari esa yölovçi soni nisbatan kam bölgan bekatlardan – şahar markazida joylaşganiga qaramay, bu yerda diqqinafas tirbandliklarni deyarli kuzatmaysiz.

Umumiy olganda, ayrim vaqtda odamlar hosil qiladigan tirbandliklar, tartibsizliklar va ba’zi noxuş hidlar bilan boğliq vaziyatlar sizni qiynamasa, metroda yuriş deyarli noqulaylik tuğdirmaydi. Tölov usullari ham qulay, hozir avvalgidek kassalar oldida navbat kutib turmaysiz, şaxsiy plastik yoki transport kartalaringiz orqali bemalol tölovni amalga oşirişingiz mumkin. Hamyoningizni uyda unutib qoldiradigan bölsangiz, mobil ilova yoki face-ID, palm-ID orqali ham yöl haqini ötkaziş imkoniyati mavjud.

Ertalab işga şoşayotganingizda yoki keçqurun çarçoq bilan poyezd kutayotganingizda – vaqt eng muhim omilga aylanadi. Ana şunday paytlarda vagonlar tölib kelişi-yu, unga çiqmay keyingisini kutişga majbur bölib qoliş odamni biroz xunob qiladi. Bu kabi noqulaylikni bartaraf etiş uçun sönggi uç yilda poyezdlar qatnovi oraliq vaqti, ya’ni interval avvalgiga nisbatan qisqargan. Xususan:
- “Çilonzor” yönalişi - 1,5 daqiqaga;
- “Özbekiston” yönalişi - 3 daqiqaga;
- “Yunusobod” yönalişi - 4 daqiqaga;
- “Yer usti halqa yöli” yönalişi - 9 daqiqaga kamaygan. Ammo şunga qaramay, ba’zi paytlarda poyezdlarning yetib keliş vaqti keçikib qoladi. Metropoliten matbuot kotibi Töyçi Mirzayev bu holatning qanday omillarga boğliq bölişini tuşuntirib berdi:
“Ba’zan yölovçilar tomonidan turli buyumlar vagonlarda unutib qoldiriladi. Aksar hollarda uning içida nima borligini bilib bölmaydi. Bunday vaziyatlarda yölovçilar eng yaqin bekatga tuşirilib, poyezd zaxira harakatlaniş yöliga ötadi, xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida odamlardan uzoqroq zonaga borib, unutilib qoldirilgan sumka yoki buyumlar tekşiriladi va rasmiylaştirilib, buyumlarni saqlaş xonasiga jönatiladi. Aynan şunday holatlar tufayli poyezdlar keçikişi kuzatilişi mumkin. Yönalişlararo harakatlaniş intervallari esa bekatlardagi odamlar soni bilan boğliq böladi, yölovçilar qança köp bölsa, interval şunça qisqa böladi”, – deydi Töyçi Mirzayev.

Yölovçilar uçun metroning eng katta afzalligi – uning heç qaçon “propka”larda qolib ketmasligida. Yomğir böladimi, qor yoğadimi, metro har doim jadvalga muvofiq harakatlanadi. Ayniqsa, ertalabki tiğiz paytlarda vaqt yöqotişni istamaganlar uçun uşbu transport vositasi eng qulay yeçim böladi. Keçikişlarsiz harakatlanişi şart bölgan yer osti va yer usti transportini boşqariş ham katta mas’uliyatni talab etişi şubhasiz. Bu kabi mas’uliyatli jarayonni har kuni boşidan ötkazadigan va hatto prezident çiqqan vagonni ham boşqargan maşinist öz işi noodatiy voqealarga boy bölişi, jarayonda katta e’tibor talab etilişi haqida sözlab berdi:
“Men uçun Toşkent köçalarida maşina haydaşdan yer ostida poyezd boşqariş osonroq, sababi yöllarda tirbandliklar bölmaydi. Ammo jarayonda işdan çalğimaslik, diqqatli böliş zarur, negaki poyezdning stansiyalar oraliğida belgilangan tezlikda öz vaqtida harakatlanişi, odamlarning xavfsizligini ta’minlaşga javobgarmiz.

Ba’zan yölovçilarning vagon içida ahvoli yomonlaşib, huşidan ketiş holatlari uçrab turadi. Bunday paytlarda eng yaqin stansiyaga töxtab, birinçi tez tibbiy yordam körsatamiz. Vagonlarga örnatilgan aloqa tizimlari orqali odamlardan hazilomuş murojaatlar ham kelib turadi: kimdir “tezroq yuring, uyda xotinim kutyapti” deb baqirsa, kimdir yaşaş uçun kvartira söraydi – bunaqa vaziyatlar faqat va faqat maşinistning vaqtini olib, uni çalğitişga xizmat qiladi xolos”, – deydi poyezd boşqaruvçisi.

Toşkent metrosida bekatlar doimo ozoda saqlanadi, poyezdlar esa soat mexanizmi kabi aniq harakatlanadi. Lekin bu tartib öz-özidan yuzaga kelmaydi. Metroning uzluksiz va tartibli xizmat körsatişi ortida 6000 ga yaqin insonning mehnati turadi. Ularning orasida eng xavfli jarayonlar bilan boğliq vazifalarni metroning yuragi bölmiş depo hududidagilar bajaradi. Depo – poyezdlar dam oladigan va erta tongda uyğonadigan joy bölib, u yerda vagonlar ta’mirlanadi, harakatga çiqişidan avval tekşiruvdan ötkaziladi.
“Poyezdlar harakatlaniş vaqtida ularning ğildiraklarida siljiş, boltlarining böşaşi kabi nosozlik holatlari yuzaga keladi. Kun davomida vagon birikmalari parametrlarini tekşiramiz: mexanik va elektr ölçovlarni amalga oşirib, ğildirak juftliklaridagi nosozliklarni örganamiz. Qismlarda biror muammo aniqlansa, zudlik bilan tuzatiladi, sababi mexanik qismlar poyezdlarning xavfsiz harakatlanişini ta’minlaşda muhim ahamiyatga ega”, – deydi depo xodimasi Marhabo Berdiyeva.

Boşqa bir depo xodimining aytişiça, köpinça quloqçinlar va ayollar poşnasi kabi buyumlar tiqilib qolişi oqibatida vagon eşiklari nosoz holatga keladi. Şu sabab har 12 kunda vagon içi tekşirilib, eşiklarning oçiliş-yopilişi, oyna va uşlagiçlar nazoratdan ötkaziladi, boltlarining böşab qolgan qismlari mustahkamlanadi.

Metropoliten hududining köpçilikka taniş bölmagan qismi – dispetçerlik markazi. Bu yerni “metropolitenning aqli” desak ham adaşmaymiz. Dispetçerlik markazida har bir poyezdning aniq joylaşuvi maxsus monitorlar va GPS tizimlari orqali kuzatiladi. Poyezdlarning vaqt jadvaliga mos harakatlanişi ta’minlanadi, har bir bekatda töxtaş va jönaş vaqtlari kabi işlar nazorat qilinadi. Favqulodda holat yoki texnik nosozlik yuzaga kelsa, dispetçerlik markazi tomonidan poyezdlar harakati töxtatilib, yölovçilarni xavfsiz hududga köçiriş va favqulodda yordamni taşkil etiş işlari amalga oşiriladi.

Köpçilikka ma’lum, sovet davrida qurilgan Toşkent metrosi faqat transport vositasi sifatida emas, favqulodda vaziyatlarda boşpana bölişga ham möljallangan deyiladi. Xöş, metro haqiqatan bunday holatlarga bardoşlimi? Va bekatlarda rostdan yaşirin yölaklar bormi? Metro mas’uli bu savollarga javob berar ekan, bekatlardagi eşikka öxşaş qismlar ortida heç qanday sirli yölaklar mavjud emasligini ma’lum qildi.
“Metro tunnellariga turli kabel va simlar örnatilgan. Bekatlar dizaynini buzmaslik maqsadida ular devorlar ortidan ötkazilgan. Harakatlaniş devorlaridagi eşiklar ortida heç qaçon sirli yöl yoki yaşirin tunnellar mavjud emas, u yerda kabellarga texnik xizmatlar körsatiladi. Toşkent metrosining inşootlari, ayniqsa, yer osti bekatlari mustahkam konstruksiyalarga ega va yuqori darajada himoyalangan – tabiiy ofatlar, masalan, zilzila yoki yonğindan himoya qilişga möljallangan, şu sabab metro favqulodda holatlarda boşpana sifatida işlatilişi mumkin”, – deydi metropoliten matbuot kotibi.
Injyener-quruvçi Sobir Şermuhammadning aytişiça, Toşkent metrosi fuqaro mudofaasi obekti sifatida barpo etilgan unikal obekt hisoblanadi.
“Inşoot mustahkam konstruktiv elementlarga ega bölib, 9 balli zilzilaga bardoş bera oladi. Buni yillar ötsa ham metro stansiyalarining ta’mir holatiga kelmagani tasdiqlaydi – tabiiy yemiriliş yoki eskiriş holatlari yöq. Bundan taşqari, metroning mustahkam darvozalari mavjud, favqulodda holatlarda eşiklar yopilsa, bekatlar germetik holatga keladi va natijada metro zarb tölqinlari va radiatsiya kabi tahdidlardan odamlarni himoya qila oladi”, – deydi u.
Körsatuvning töliq qismini Kun.uz YouTube kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.
Mualliflar: Diyoraxon Nabijonova, Ibrohim Samadov
Operatorlar: Ziyaddin Mamatjonov, Abdulloh Hasanov
Montaj ustasi: Abdulloh Hasanov.










