Jamiyat | 15:05
2757
1 daqiqa o‘qiladi

Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan kadrlar

Chirchiq shahrida haydovchi Cobalt'ni piyodalar yo‘lagidan haydagani yetmaganidek, yo‘lakda ketayotgan ona va bolaning yo‘lini to‘sgan.

Toshkent viloyati YHXBga ko‘ra, haydovchiga nisbatan “yo‘l bezoriligi” moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudining qarori bilan, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yil muddatga mahrum etildi va 10 BHM (4 mln 120 ming so‘m) jarimaga tortildi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid