Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron boyitilgan uranni Rossiyaga topshirishni ko‘rib chiqmoqda
Eron tashqi ishlar vaziri boyitilgan uranni Rossiyaga olib chiqish masalasida Moskva bilan dastlabki maslahatlashuvlar o‘tkazilganini tasdiqladi. Pokiston Saudiyaga harbiy kontingent jo‘natdi. AQShda prezidentning yaqin ittifoqchilaridan biri, senator Lindsi Grem Islomobodning muzokalardagi xolisligini so‘roq ostiga oldi.
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida AQSh–Eron urushidagi so‘nggi jarayonlarni sharhladi.
— 400 kilogramm uranni AQShga topshirish masalasi muhokamada turibdi, biroq Eron tomoni uni Rossiyaga topshirishni afzal ko‘rmoqda. Bu ehtimolga qanday qarash mumkin?
— Bunday vaziyat avvalo kelishuv shartlariga bog‘liq. Eron tomoni Rossiyaga ishonch bildirishi mumkin. Lekin AQSh va xalqaro hamjamiyat bu jarayonni Atom Energiyasi Xalqaro Agentligi (AEXA) nazorati ostida amalga oshirishni talab qilishi mumkin. Chunki uranning aslida Eronnikimi, uning miqdori va harakati to‘liq nazorat ostida bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi. Chunki Rossiyada ham boyitilgan uran zaxiralari mavjudligi sababli, kelgusida turli talqinlar ehtimoli yuzaga kelishi mumkin. Ya’ni Rossiya “bu Eron tomonidan topshirilgan uran” deya, unga o‘z zaxiralarini qo‘shib yuborishi mumkinligi aytiladi.
Umuman olganda, Eron va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik bu masalada muhim omil hisoblanadi. Ular deyarli ittifoqchi sifatida qaraladi, chunki ikkala davlat ham xalqaro tizimda AQSh ta’sirining kamayishini istaydigan kuchlar sifatida ko‘riladi.
Hozirgi global geosiyosiy kontekstda dunyo ikki yirik yo‘nalishga ajralgan: bir tomonda kollektiv g‘arb, ya’ni AQSh boshchiligidagi davlatlar, ikkinchi tomonda esa muqobil tartibot tarafdori bo‘lgan global janub va unga yaqin kuchlar, jumladan Xitoy, Rossiya va Eron.
Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha Rossiya va Xitoyning pozitsiyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Ular Eronning to‘liq yadroviy qudratga ega bo‘lishini istamaydi, biroq agar shunday holat yuz bersa, buni o‘zlariga bevosita tahdid sifatida ham qabul qilmaydi. Chunki Eronning yadroviy qudratga ega bo‘lishi mintaqaviy kuchlar muvozanatini o‘zgartirib, Isroil va AQSh ta’sirini cheklashga xizmat qilishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Moskva va Pekin buni ko‘p qutbli dunyo shakllanishi yo‘lida ijobiy omil sifatida ham baholaydi.
Shu bilan birga, Eronning yadroviy davlatga aylanishi uzoq muddatda Rossiya va Xitoy manfaatlariga to‘liq mos kelmasligi ham ehtimoldan xoli emas. Ya’ni bu jarayon ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Suhbatni YouTube’dagi “Geosiyosatkunuz” kanalida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
20:14
AQSh va Isroil Eronda sobiq prezident Ahmadinajodni hokimiyatga olib kelmoqchi edi – OAV
19:30
Ukraina va Erondagi urushlar: o‘xshashlik va tafovutlar
15:19
🔴 LIVE: Pekinga borgan Putin va Trampning mavhum bayonotlari | "Geosiyosat"
11:00 / 19.05.2026