Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
Shavkat Umrzoqovning fikricha, daraxtlar “zaruratsiz kesib tashlangan” bo‘lsa, bu salbiy, lekin daraxtlar “xalq manfaati ko‘zlangan loyiha” yo‘lida kesilgan bo‘lsa, “taroziga bitta daraxtni olish kerak emas”. “Xalq manfaati qayerda yuqori bo‘lsa, shuni ko‘rish kerak”, deydi poytaxt hokimi.
Foto: Gazeta
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov Gazeta muxbirining: “Shaharda daraxt kesilsa, ichingizda nima o‘tadi?” degan savoliga javob berdi.
“Kasallanmagan bo‘lsa, zaruratsiz kesib tashlangan bo‘lsa, yoki shaxsiy ehtiyojga bog‘langan bo‘lsa, albatta, mening fikrim salbiy. Lekin zararlangan daraxtni olib tashlashmi, yoki biron bir bundan ham yaxshi loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratish, ekologiya yoki xalq manfaati ko‘zlangan loyiha bo‘lsa, albatta, taroziga bitta daraxtni olish kerak emas... Xalq manfaati qayerda yuqori bo‘lsa, shuni ko‘rish kerak.
Xudoga shukr, daraxt ekadigan joylarimiz ko‘p, ekologik muhitni yaxshilaydigan ishlarimiz turi ko‘p, shularni amalga oshiraverishimiz kerak. Bitta daraxt kesilib qolsa, yaxshi emas, lekin uni tragediya qilishimiz kerak emas”, – degan shahar hokimi.
Umrzoqov davlat xizmatchilari va mansabdorlari qachon jamoat transportida yurishi haqidagi savolga ham javob bergan.
“[Amaldorlar ham] jamoat transportida yuradi, [qachonki] jamoat transportiga chiqib, ishga kechikmasdan, yarim soat – 40 daqiqada yetib oladigan imkoniyat bo‘lsa, o‘shanda jamoat transportiga o‘tadi. Men o‘ylashimcha, bu [jamoat transportini rivojlantirish] – kapital hajmi katta loyiha, lekin o‘ylaymanki, 3–5 yillarda erishib olamiz”, – degan u.
Mavzuga oid
14:27
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
08:54
O‘zbekiston “Qambarota-1” GES qurilishida ishtirokini kengaytirmoqda
12:48 / 19.05.2026
“Yaxshi foyda bo‘lmasa, tashlab ketadiganlardan emasmiz” – Germaniya elchisi
16:40 / 16.05.2026