O‘zbekiston | 18:55
2656
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?

Haftaning seshanba-chorshanba kunlari yurtimizga navbatdagi nam havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Jala yog‘ishi oqibatida sel kelishi va suv bosishi xavfi yuzaga keladi. 28-30 may kunlari asosan quruq ob-havo hukm suradi, Qizilqum cho‘llarida harorat maksimumlari hatto +42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Biroq ushbu jazirama atigi bir kun bo‘lib, yakshanba kuni mintaqaga navbatdagi namlik kirib keladi va hududlarda harorat pasayib ketadi. Yog‘inlar ushbu haftada ko‘plab viloyatlarga o‘z quvvatini ulashadi. Ayniqsa Toshkent viloyatida ko‘p miqdorda yog‘in tushishi kutilmoqda, sel-suv bosish xavfi viloyatda oshishi mumkin.

Шокир Шарипов
Tayyorlagan Шокир Шарипов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid