Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
Buxoro viloyatidagi tumanlardan birida sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari davlat xaridlari va rag‘batlantirish mablag‘lari bilan bog‘liq korrupsion holatlarda gumon qilinib, tezkor tadbir davomida ushlandi.
Foto: Videodan kadr
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi hamda dori-darmon va tibbiy buyumlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ o‘rtasida 1 mlrd 2 mln so‘mlik shartnoma tuzilib, tibbiy buyumlar xarid qilingan.
Shartnoma mablag‘ining 30 foizi avvaldan MChJ hisob raqamiga o‘tkazilgan. Keyinchalik esa tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri qolgan 70 foiz mablag‘ni ajratish, shuningdek, kelgusidagi xaridlarni ham aynan ushbu MChJ orqali amalga oshirish evaziga mahsulotlar umumiy qiymatining 15 foizi — 150 mln so‘m miqdorida “ulush” talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan mablag‘ning bir qismi — 11 800 AQSh dollarini turmush o‘rtog‘i orqali olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Kun.uz manbasi holat G‘ijduvon tuman sog‘liqni saqlash bo‘limida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Tergov davomida yana bir holat aniqlangan. Unga ko‘ra, mansabdor shaxs tumandagi oilaviy poliklinikalar xodimlariga yarmini qaytarish sharti bilan jami 448 mln so‘m rag‘batlantirish puli ajratgan va ushbu mablag‘ning 92 mln so‘mini qayta yig‘ib olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining pora olish, pora berish hamda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishga oid moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX fuqarolarni shu kabi qonunbuzilish holatlari haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berishga chaqirdi.
Mavzuga oid
08:45 / 23.05.2026
Yer masalasidagi korrupsion tarmoq fosh bo‘ldi
11:12 / 22.05.2026
Ishsizlikdan biznes: Koreya va’dasi 90 mln dollarga tushdi
21:35 / 21.05.2026
“Ikkita mehmonxona qurilishini bilaman” - Turizm qo‘mitasi raisi Buxoro turizm markazi haqida
08:32 / 21.05.2026