Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontraktni to‘lash muddati 10 iyunga qadar uzaytirildi.
Abituriyentlar, ota-onalar va oliy ta’lim tashkilotlarining murojaatlari inobatga olinib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kontrakt to‘lashning so‘nggi muddatini uzaytirdi.
Jumladan:
-
bakalavriat va magistraturada darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar;
-
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar.
Ular uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatining 100 foizini to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2026 yil 10 iyunga qadar uzaytirildi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktining to‘lash muddati oliy ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:22 / 15.05.2026
Pedagoglar farzandlari uchun kontraktga 30 foizlik chegirma berilishi mumkin
08:51 / 07.03.2026
Ayrim talaba-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan qoplab beriladi
11:02 / 06.03.2026
Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
15:40 / 03.03.2026