Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hayit kuni Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin
Maxsus komissiya Toshkent shahrida qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari yuzasidan ogohlantirish e’lon qildi.
27 may kuni Toshkent shahri hududiga g‘arbiy nam havo oqimlari kirib kelishidan oldin qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya milliy qo‘mitasi Jahon meteorologiya tashkilotining Chang-qum bo‘ronlari bo‘yicha Pekin va Saudiya Arabistoni regional markazlariga tayanib xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, kun davomida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol, asosan, g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ayrim vaqtlarda 10–12 m/s gacha, ba’zi hududlarda esa 15 m/s gacha kuchayishi ehtimoli mavjud. Kuchaygan shamol fonida ayrim joylarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin.
Mazkur jarayonlar oqibatida atmosfera havosida chang zarrachalari, ayniqsa, atmosfera tarkibida PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatli ortishi kuzatilishi mumkin. Biroq, ta’kidlanganidek, ushbu holat qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘lib, g‘arbiy nam havo oqimlarining kirib kelishi va yog‘ingarchilik hisobiga atmosfera havosining asta-sekin tozalanishi kutilmoqda.
Mutaxassislar shamol kuchaygan paytlarda, ayniqsa, nafas yo‘llari kasalliklari, allergiya va yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolari mavjud fuqarolarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya etdi. Zarurat bo‘lmaganda uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lmaslik, deraza va eshiklarni yopiq saqlash hamda imkon qadar niqoblardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Mavzuga oid
20:54 / 12.07.2026
Toshkentda kuyindi hidining paydo bo‘lishiga ob-havo sharoitining o‘zgarishi sabab bo‘lgani aytildi
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
18:43 / 06.07.2026
Jazirama sinovi boshlandi
12:11 / 06.07.2026