Iqtisodiyot | 09:03
1414
1 daqiqa o‘qiladi

Hukumat nazorat-kassa tizimi bo‘yicha yangi o‘zgartishlar tayyorlamoqda

O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida hisob-kitob tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. Unda elektron cheklar, retseptli dori vositalari savdosi va raqamli markirovka bo‘yicha qator o‘zgartishlar nazarda tutilgan.

Sun’iy intellekt yaratgan surat

Hujjatga ko‘ra, retsept bilan beriladigan dori vositalari sotilganda elektron retsept raqami kassa chekida majburiy tarzda aks ettirilishi mumkin.

Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy farq summasini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi faqat Prezident qarori bilan tasdiqlangan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritilgan kompaniyalarga nisbatan qo‘llanishi belgilanmoqda.

Loyihada qalbaki raqamli markirovkalangan va kontrafakt mahsulotlarni import qilish, ishlab chiqarish hamda sotish bo‘yicha jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi normani bekor qilish ham taklif etilgan.

Hukumat ushbu choralar iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish, zamonaviy axborot yechimlarini joriy etish va nazorat-kassa mashinalari tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid