“Jamoat transportini moliyalaştiriş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Taşuvçilar bilan hisob-kitoblarni amalga oşiriş, yölkira haqi böyiça tuşumlarni jamlaş uçun joylardagi transport boşqarmalarida yuridik şaxs taşkil etmasdan oçilgan maxsus jamğarmalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boşqarmalari tizimiga ötkaziladi.

Joylarda iqtisodiyot va moliya boşqarmalari huzurida davlat muassasasi şaklida “Maxsus jamğarmalar mablağlarini boşqariş, yönalişlar işini tahlil qiliş va pul tuşumlari monitoringi guruhlari” taşkil etiladi.

2024 yil 1 iyungaça:

  • jamoat transportida yölkira haqini tölaşda elektron tölov tizimidan foydalanişni rağbatlantiruvçi tariflar joriy etilişi ta’minlanadi;
  • Toşkent şahrida muntazam avtobus yönalişlarida yölovçilar hisobini yuritiş, haydovçilar işini va pul tuşumlarini nazorat qiliş, avtobuslar texnik holatini monitoring qiliş, ajratilgan yölaklarda yöl harakati qoidalari buzilişini qayd etiş böyiça jamoat transportini boşqarişning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.