Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yaxshi yashash uchun qancha pul kerak?
Toshkentda 4 kishilik oilaning bir oy farovon yashashi uchun 23,5 mln so‘m, bir kishi uchun esa qariyb 6,5 mln so‘m mablag‘ kerak bo‘ladi. Poytaxtda arzon restoranda ovqatlanish 70 ming so‘mni tashkil etadi. O‘rta darajadagi restoranda bu narx 2 kishi uchun 400 ming so‘mga baholangan. Mobil aloqa kompaniyalar kesimida o‘rtacha oylik to‘lov 49 ming so‘m, kabelli internetning o‘rtacha bahosi – 150 ming so‘m.
Foto: Kun.uz
Dunyoning eng yirik onlayn ma’lumotlar bazasidan biri – Numbeo Toshkentda qancha mablag‘ evaziga farovon yashash mumkinligini ma’lum qildi.
Onlayn bazaning taxminiy hisoblashlariga ko‘ra, poytaxtda 4 kishi bo‘lib yashaydigan oilalar ijara to‘lamasdan oyiga 23 mln 512 ming so‘m sarflab yaxshi yashashi mumkin. Bir kishi uchun bu narx 6 mln 343 ming so‘mni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, Toshkentda 1 kishi uchun arzon restoranda ovqatlanish 70 ming so‘mni tashkil etadi. O‘rta darajadagi restoranda bu narx 2 kishi uchun 400 ming so‘mga baholangan. Fast Food tarmoqlarida ovqatlanish esa 55 ming so‘m. O‘rtacha narxlari olinganda, 1 litr sut – 14,7 ming so‘m, 1 kg guruch – 21,9 ming so‘m, 12 dona tuxum – 22,4 ming so‘m, 1 kg mol go‘shti – 137,9 ming so‘m, 1 kg tovuq filesi – 48,2 ming so‘m, 1 kg olma – 16,7 ming so‘m, 1 kg banan – 22,1 ming so‘m, 1 kg pomidor – 19,1 ming so‘m, 1 kg kartoshka – 7 ming so‘m, 1 kg piyoz – 4,7 ming so‘m.

Shuningdek, statistikada maishiy xizmatlar hamda kiyim-kechaklarga qancha ishlatilishi ham keltirilgan. Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar suv, gaz, elektr toki va chiqindilar uchun 85 kvadrat metrli kvartira uchun 340 ming so‘mdan 1 mln 200 ming so‘mgacha pul to‘laydi. Mobil aloqa kompaniyalar kesimida o‘rtacha oylik to‘lov 49 ming so‘m, kabelli internetning o‘rtacha bahosi – 150 ming so‘m.
Xususiy bog‘chalar 3 mln so‘mdan 7,1 mln so‘mgacha bo‘lsa, xalqaro darajadagi xususiy maktabda 1 nafar bolani o‘qitishning yillik o‘rtacha narxi 129 mln so‘mdan oshadi.

Numbeo ma’lumotlariga ko‘ra, xarajatlarning 30,4 foizi do‘konlardan turli mahsulotlarni sotib olish, 26,9 foizi har oylik ijara, 15,2 foizi restoranlarda ovqatlanish, 9,5 foizi transport, 8,1 foizi esa sport va bo‘sh vaqtdagi mashg‘ulotlar uchun sarflanadi.

Mavzuga oid
17:54
Chirchiqda qarovsiz hayvonlar uchun yirik boshpana quriladi
18:28 / 28.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati - 2 mlrd 185 mln dollar
17:12 / 27.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish tenderida Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi
09:20 / 27.05.2026