Jahon | 21:07
1129
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eronning boyitilgan urani yo‘q qilinishini aytdi

Qo‘shma Shtatlar Tehron va XAEA bilan hamkorlikda Eronning boyitilgan uranini oladi va yo‘q qiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

«11 oy oldin B-2 bombardimonchilarimiz hujumi oqibatida amalda vayron bo‘lgan tog‘lar ostiga chuqur ko‘milgan, ba’zan «yadro changi» deb ataladigan boyitilgan material Qo‘shma Shtatlar tomonidan Eron va XAEA bilan yaqin aloqada va hamkorlikda olib chiqiladi va yo‘q qilinadi», dedi Tramp Tehron va Vashington tomonidan ishlab chiqilgan kelishuvga izoh berar ekan.

25 may kuni Tasnim agentligi Eron yuqori darajada boyitilgan uranni xorijga eksport qilishga rozi bo‘lgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini yozgan edi. Bungacha Saudiya Arabistonining Al-Hadath kanali manbalarga tayanib, Tehron Xitoyga uran zaxiralarini olib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Boyitilgan urandan voz kechish Vashingtonning Tehronga qo‘yayotgan asosiy talablaridan biridir. Mavjud zaxiralarni Rossiyaga olib chiqishni prezident Vladimir Putin ham taklif qilgan edi. 18 may kuni Al-Hadath Eron ma’lum shartlar asosida boyitilgan uranni AQSh o‘rniga Rossiyaga berishga rozi ekanini da’vo qildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid