Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Japarov Atamboyev ma’muriyatining sobiq rahbarini afv etdi
Farid Niyazov 2011–2017 yillarda Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbari lavozimida ishlagan.
Foto: Sputnik / Tabyldy Kadyrbekov
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov sobiq prezident ma’muriyati rahbari Farid Niyazovni afv etish haqidagi farmonni imzoladi.
Farid Niyazov 2011–2017 yillarda, mamlakatga Almazbek Atambayev rahbarlik qilgan davrda Qirg‘iziston prezidenti apparati rahbari lavozimida ishlagan.
2021 yil sentabrida Farid Niyazov, shuningdek Almazbek Atamboyev, sobiq prezident qo‘riqchisi Kanat Sagimbayev va IIV rahbarining sobiq o‘rinbosari Kursan Asanov hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga urinish va ommaviy tartibsizliklarni tashkil etishda ayblangan. Niyazov 7 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
2020 yil oktyabr oyida Bishkekda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lganlarning ommaviy namoyishlari bo‘lib o‘tgan. 6 oktyabr kuni namoyishchilar talabi bilan 2019 yildan beri tergov hibsxonasida saqlanayotgan Almazbek Atamboyev ozod qilingan, ammo keyinchalik yana qo‘lga olingan.
Atamboyev 2020 yilda 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, ammo uch yildan so‘ng ushbu hukm bekor qilinib, sobiq prezident Ispaniyaga ketgan. 2025 yilda esa korrupsiya va ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish ishi bo‘yicha yana 11,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan.
Mavzuga oid
14:16 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi
17:45 / 13.05.2026
Qirg‘iziston MXDQ sobiq rahbari Tashiyevning ishi maxfiylashtirilib, sudga yuborildi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
20:35 / 30.04.2026