O‘zbekiston | 18:07
4647
2 daqiqa o‘qiladi

Jazirama ortidan jala

1–7 iyun kunlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi bir vaqtning o‘zida issiq havo va jala yog‘ishi sinovlariga duch keladi. Hafta boshida janubda harorat +40 darajagacha ko‘tariladi. Hafta o‘rtalarida vodiy, Toshkent viloyati va tog‘oldi hududlarida chaqmoqli jala yog‘inlar faollashishi mumkin. Ayniqsa, tog‘lardan oqib tushuvchi sel suvlari va kuchli shamollar dehqonlar uchun asosiy xavf bo‘lib qolmoqda.

Hafta davomida kutilayotgan ob-havo prognozlarini iqlimshunos Erkin Abdulahatov bilan jonli efirda tahlil qilamiz.

Bug‘doy o‘rimi boshlangan hududlarda bulutosti shamollaridan hosil to‘kilib ketmasligi uchun dehqonlar o‘rim ishlariga kuch berish kerak bo‘ladi. 3–5 iyun kunlari Toshkent viloyati, vodiy viloyatlari, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryoning tog‘ga yaqin hududlarida jala yog‘ishi mumkin. Hosilni ochiq maydonlarda uzoq saqlamaslik, ariq va kollektor tizimlarini sel suvlariga tayyor holatga keltirish tavsiya etiladi.

Haftaning asosiy xavfi qurg‘oqchilik emas, balki qisqa muddatda yog‘adigan kuchli yog‘inlar, sel va shamollar bo‘lib turibdi.

Шокир Шарипов
Tayyorlagan Шокир Шарипов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid