O‘zbekiston | 19:52
871
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi

Kristian Shtoker bilan O‘zbekiston–Avstriya munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 3 iyun kuni Vena shahrida Avstriya federal kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashdi.

«Suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Avstriya munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdik. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro aloqalari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning yangi imkoniyatlarini alohida muhokama qildik. O‘zaro ishonch va hurmat ruhidagi sheriklikni yanada kengaytirishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid