O‘zbekiston | 20:20
1668
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi boshlandi

O‘zbekiston rahbari amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga bordi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov, shahar gubernatori Aleksandr Beglov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif doirasida bugun O‘zbekiston yetakchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda O‘zbekistonda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi reaktorining qurilishini boshlash marosimida ishtirok etadi.

5 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining asosiy tadbirlarida ishtirok etishi reja qilingan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid