Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
Belgiya Toshkentda o‘z elchixonasini ochishga qaror qildi. Mutaxassislar fikricha, mazkur qadam O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi diplomatik, iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.
Belgiyaning nufuzli Eureporter va Eureflect nashrlarida e’lon qilingan maqolada qayd etilishicha, Toshkentda elchixona ochilishi ikki davlat munosabatlaridagi muhim voqea bo‘lib, O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi strategik ahamiyati ortib borayotganidan dalolat beradi.
Nashr mualliflarining ta’kidlashicha, so‘nggi o‘n yillikda O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasidagi diplomatik hamda iqtisodiy aloqalar sezilarli darajada mustahkamlangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan ochiq tashqi siyosat va Yevropa bilan integratsiya jarayonlari O‘zbekistonni Yevropa davlatlari uchun muhim strategik hamkorga aylantirgan.
Maqolada 2025 yilda Prezident Mirziyoyevning Bryusselga tashrifi va Belgiya Qiroli Filipp bilan uchrashuvi ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishida muhim bosqich bo‘lgani qayd etilgan.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi so‘nggi yillarda sezilarli oshgan. Xususan, 2020 yilda 70 million dollar bo‘lgan o‘zaro savdo aylanmasi 2024 yilga kelib 212,7 million dollarga yetgan.
Belgiya kompaniyalari O‘zbekistonning to‘qimachilik, sanoat, logistika, farmatsevtika va IT sohalaridagi loyihalarda faol ishtirok etmoqda. Yashil energetika va barqaror texnologiyalar yo‘nalishidagi hamkorlik ham kengayib bormoqda.
Maqola xulosasida Belgiyaning Toshkentda elchixona ochishi diplomatik qarordan ko‘ra kengroq ahamiyatga ega ekani, bu qadam O‘zbekistonning Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi muhim iqtisodiy va transport ko‘prigi sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
22:18 / 04.06.2026