Jahon | 20:49 / 06.06.2026
719
2 daqiqa o‘qiladi

Kongoda Ebola virusini yuqtirish holatlari soni 450dan oshdi

Kongo hukumati mamlakatda infeksiya jadal sur’atlarda tarqalayotgani haqida ogohlantirdi.

Foto: EPA/TASS

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusini yuqtirish bilan bog‘liq tasdiqlangan holatlar soni 450dan oshdi. 

Mamlakat jamoat sog‘lig‘ini saqlash milliy instituti ma’lumotiga ko‘ra, virus yuqtirish bilan bog‘liq 452 ta holat qayd etilgan, 82 nafar bemor vafot etgan.

Kongo hukumati mamlakatda infeksiya jadal sur’atlarda tarqalayotgani haqida ogohlantirdi.

JSST 2026 yil may oyi o‘rtalarida rasman xalqaro ahamiyatga ega favqulodda vaziyat e’lon qilgandi, biroq epidemiya amalda bir necha hafta oldin boshlangan va payqalmay qolgan. Mutaxassislar fikricha, virus aniqlanishidan oldin mintaqada bir necha oy davomida aylanib yurgan bo‘lishi mumkin.

The New York Times nashri ta’kidlashicha, Ebola infeksiyasi tarqalishi e’lon qilinganidan atigi 10 kun o‘tib, u kuzatuvlar tarixidagi uchinchi eng katta epidemiyaga aylandi.

O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining bildirishicha, Ebola virusi infeksiyasi jiddiy kasallik bo‘lsa-da, O‘zbekistonda tarqalish xavfi past.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid