Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
45-yo‘nalishda qatnovchi elektrobus Qo‘yliq shohbekatida orqaga harakatlanayotgan paytda, piyodani urib yubordi. 35 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan. Avtobusni 7 yil stajga ega 32 yoshli haydovchi boshqargan.
Toshkent shahrida elektrobus orqaga harakatlanayotgan vaqtda odam urib yubordi.
“Toshshahartransxizmat” ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 6 iyun kuni soat 13:40 larda, “Qo‘yliq dehqon bozori” avtoshohbekatida ro‘y bergan.
45-yo‘nalishda qatnovchi Yutong rusumli elektrobus orqaga harakatlanayotgan paytda, 1991 yilda tug‘ilgan piyoda A.K.ni bosib ketgan. Oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan.
Avtobusni 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.N. boshqargan, uning umumiy mehnat faoliyati – 7 yil.
YTH ichki ishlar xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.
“Toshshahartransxizmat” baxtsiz hodisa munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qildi.
Mavzuga oid
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
16:14 / 04.06.2026