Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
Turkiyada O‘zbekiston tomonidan qidirilayotgan ikki ayol qo‘lga olinib, vatanga qaytarildi. Ulardan biri 6 yildan buyon qidiruvda bo‘lib, fuqarolarni AQSh va Yevropaga ishga yuborish uchun yirik miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Ikkinchisi esa odam savdosi jinoyati bo‘yicha gumonlanmoqda.
Turkiyada O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qidirilayotgan ikki fuqaro ushlanib, vatanga qaytarildi, deya xabar bermoqda Istanbuldagi Bosh konsulxona.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan ayollardan biri 6 yildan buyon huquq-tartibot idoralaridan yashirinib yurgan. U fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborish bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda, AQSh va Yevropa davlatlariga yuqori maoshli ishlarga yuborishni va’da qilgan.
Shu yo‘l bilan ayol fuqarolarning ishonchiga kirib, yirik miqdordagi mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan, deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan tashqari, tezkor tadbirda Jinoyat kodeksining 135-modasi (odam savdosi)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan yana ayol ham ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingan.
Konsullikka ko‘ra, O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ayni paytda xorijda yashirinib yurgan yana bir nechta qidiruvdagi shaxslarni aniqlash, ushlash va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish bo‘yicha tegishli protsessual va tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:32 / 02.06.2026
6 viloyatda Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
21:05 / 02.06.2026
“Odamlar anglamaguncha, bu imperiya qulamaydi” – kiberjinoyati uchun qamoqda o‘tirgan mahkum
12:12 / 01.06.2026
Toshkentda gaz tarmog‘iga ulash bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
16:20 / 26.05.2026