O‘zbekiston | 10:09
4417
1 daqiqa o‘qiladi

1991 yilgacha qurilgan 17 mingta uy renovatsiya qilinishi mumkin

O‘zbekistonda 1991 yilgacha qurilgan 17 mingta turar joyni renovatsiya qilish va ular o‘rnida zamonaviy, energiya tejamkor hamda to‘liq infratuzilma bilan ta’minlangan ko‘p qavatli uylar barpo etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga shaharsozlik va uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish bo‘yicha taqdim etilgan axborotda respublikadagi eski uy-joy fondini bosqichma-bosqich yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, hozirgacha shaharsozlik renovatsiyasi jarayonlarini tartibga soluvchi yagona qonun mavjud emas edi. Shu munosabat bilan renovatsiya to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Loyihada renovatsiya hududlarini belgilash, aholi roziligini olish, kompensatsiya va ko‘chirish tartiblari, investorlar majburiyatlari hamda davlat organlari vakolatlarini aniq belgilash nazarda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, renovatsiya dasturlari orqali eskirgan uy-joy fondini yangilash, aholi uchun xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini yaratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, yashil hududlar va ijtimoiy infratuzilmani kengaytirish maqsad qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid