Jahon | 23:05 / 14.06.2026
1113
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Vertolyotlardan biri elektromobillar sotiladigan avtosalon yoniga qulagan. Natijada kamida 20ta elektromobil yonib ketgan.

Foto: AP/TASS/ Bruna Prado

Rio-de-Janeyro shahri g‘arbida ikki vertolyot to‘qnashib ketdi. Aviahalokat natijasida olti kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar berdi Braziliya o‘t o‘chirish xizmati.

Xabarga ko‘ra, vertolyotlar havoda to‘qnashgan va elektromobillar sotiladigan avtosalon yoniga qulagan. Natijada kamida 20ta elektromobil yonib ketgan.

Braziliyada kichik o‘lchamdagi uchar qurilmalar halokati tez-tez sodir bo‘lib turadi. O‘tgan oyda Belu-Orizonti shahrida kichik samolyot turarjoy binosiga kelib urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi.

 

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid