Jamiyat | 15:32
2520
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Avtomobilga ortilgan yuklar yo‘lga sochilib ketgan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Foto: FVV

Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 14 iyun kuni soat 4:20 larda sodir bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yuk mashinasi yon tomonga ag‘darilib ketgan.

Hodisada hech kim jarohatlanmagan, qurbonlar yo‘q. Faqat avtomobilga ortilgan barcha yuklar yo‘lga sochilib ketgan.

Screenshot_3

FVVning Qamchiq maxsus qidiruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borib, YTH oqibatlarini bartaraf etishgan.

Avvalroq Qamchiq dovonida Spark jarlikka tushib ketgandi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid