Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muzrabotda fermerlar haqoratlangani yuzasidan tekshiruv boshlandi
Voqeaga xolis huquqiy baho berish uchun Surxondaryodagi vakolatli idoralar ishtirokida ishchi guruh tuzildi. Viloyat hokimi holatni shaxsiy nazoratiga olgani ma’lum qilindi.
Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov g‘alla rejasini bajarmagan fermerlarni haqoratlagani aytilayotgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tekshiruv boshlandi.
Holat viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan jiddiy e’tibor talab qiluvchi masala sifatida baholangan.
“Davlat organlari vakillari hamda fermerlar o‘rtasidagi munosabatlar qonun ustuvorligi, o‘zaro hurmat, inson qadr-qimmati va xizmat odobi tamoyillari asosida tashkil etilishi lozim”, deyiladi viloyat hokimligi munosabatida.
Ma’lum qilinishicha, voqeaning barcha tafsilotlarini har tomonlama, xolis va to‘liq o‘rganish hamda huquqiy baho berish maqsadida vakolatli idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.
Masala viloyat hokimining shaxsiy nazoratiga olingan bo‘lib, o‘rganish yakunlari va vakolatli organlar xulosalari asosida qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilinadi.
Hokimlik jamoatchilikdan rasmiy o‘rganish natijalarini kutishni hamda tasdiqlanmagan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarmaslikni so‘ragan.
Avvalroq Kun.uz Muzrabot hokimining ovozi ekani aytilayotgan audioyozuvni e’lon qilgan edi. Undagi ovoz egasi g‘alla topshirish rejasini bajarmayotgan fermerlarni so‘kib, ulardan rejani bir necha soat ichida bajarishni talab qilgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, holat 15 iyun kuni hokimning xizmat xonasida sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:05
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
14:14 / 26.09.2025
“Donetskda 5 oyda uchta pozitsiyada xandaq qazidik” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit
09:15 / 26.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimi haydovchiga elektroshoker qo‘lladi
11:11 / 23.05.2025