O‘zbekiston | 13:31
1145
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Suhbat avvalida Oljas Bektenov davlat rahbariga Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Barcha darajalardagi faol muloqot va o‘zaro aloqalarning yuqori sur’atlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar tovar ayirboshlash hajmi ortib borayotgani hamda yaqinda qabul qilingan yangi “yo‘l xaritasi” asosida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalari izchil amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, joriy yil iyul oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda Aqtau shahrida bo‘lib o‘tadigan hududlar rahbarlarining birinchi Kengashiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid