Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida valuta aylanmasi monitoringini soddalashtirish, islomiy sug‘urta va «yashil» kreditlar kabi yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha takliflar bugun har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Davlat rahbari qayd etganidek, yig‘ilishga tayyorgarlik jarayonida investorlar va xalqaro kompaniyalar tomonidan 120 ta yangi taklif hamda tashabbus kelib tushgan. Ularning barchasi tahlil qilinib, investitsiya muhiti, soliq tizimi, kadastr, energetika, moliya va bank tizimi, korporativ boshqaruv, shuningdek, sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni qamrab olgan yettita ustuvor yo‘nalishga birlashtirilgan.
Prezident, xususan, valuta aylanmasidagi monitoring jarayonlarini yengillashtirish, islomiy sug‘urta, «yashil» kredit va bank aktivlari bozorini shakllantirish kabi zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy qilish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, korxonalar faoliyatida atrof-muhit muhofazasi, ijtimoiy mas’uliyat va samarali korporativ boshqaruvni o‘z ichiga olgan ESG tamoyillarini keng qo‘llashni rag‘batlantirish zarurligi qayd etildi.
Yig‘ilishda har bir ustuvor yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar belgilanib, kelib tushgan takliflar asosida aniq yechimlar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan mazkur vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan ishchi guruhlar hamraislari — Vision Invest, BDO, Crowe, OTP Group, Franklin Templeton, Ernst & Young, Costa Legal va ACWA Power kompaniyalari rahbarlariga minnatdorlik bildirildi.
Mavzuga oid
12:40
Shavkat Mirziyoyev: Xorijiy investorlarga teng va adolatli sharoit yaratish ustuvor vazifa
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:43 / 25.05.2026
Tadbirkorlar uchun yangi raqamli moliyaviy tizim taklif qilindi
11:36 / 01.05.2026