Uç kişi jinoiy reja tuzib, soxta YTHlar va qalbaki hujjatlar orqali suğurta taşkilotlaridan suğurta tölovlarini olib kelgan. Uyuşgan guruh 14 ta epizodning 8 tasida bu işni uddalagan: suğurta kompaniyalaridan jami 110 mln sömga yaqin mablağ suğurta tovoni sifatida olingan.



O‘zbekiston sug‘urta bozorida soxta YTHlarga asoslangan uyushtirilgan sug‘urta firibgarligi sxemasi aniqlandi. Kun.uz o‘rgangan sud hukmiga ko‘ra, bir guruh shaxslar muntazam ravishda YTHlar bo‘yicha soxta hujjatlar tayyorlab, sug‘urta to‘lovlarini olib kelgan.

Reja

Uşbu jinoyat 3 kişi – 30 yoşli A.A., 21 yoşli S.A. va 24 yoşli Z.Y. tomonidan sodir qilingan. Ular tegişli vazifa va rollarini özaro taqsimlab olişgan.

Uyuşgan guruhga A.A. rahbarlik qilgan. U guruh işiga yangidan jalb etilayotgan boşqa şaxslarga vazifalar belgilaş, sodir etilişi közda tutilgan soxta YTHlarni oldindan rejalaştiriş, YTH töğrisida xabarnoma, “yevroprotokol” blankalarini va aloqador hujjatlarni qalbaki ravişda soxta ma’lumotlar asosida töldiriş hamda suğurta taşkilotiga taqdim etiş, suğurta tovonlarini undirib oliş kabi vazifalarni bajargan.

Z.R. va S.A. esa guruh tomonidan soxtalaştirilgan tarzda uyuştirilgan YTHlarda jabrlanuvçi yoki huquqbuzar sifatida iştirok etiş, har bir epizodda jabrlanuvçi sifatida iştirok etişi lozim bölgan yangi şaxslarni jalb etiş va YTHda maşinalarni topiş vazifalarini özaro taqsimlab olişgan.

Jinoiy sxema

Epizodlarda asosan 2 ta maşina “jabrlanuvçi” sifatida iştirok etgan: davlat raqami 01 L 368 AC bölgan oq rangli Malibu hamda davlat raqami 01 S 897 MS bölgan qora rangli Malibu.

A.A. va şeriklari uşbu maşinalar iştirokida YTH sodir bölgani haqida yozuvlar kiritgan holda rasmiy hujjatlarni qalbakilaştirişgan. Söngra soxtalaştirilgan hujjatlarni suğurta kompaniyalariga taqdim etgan holda suğurta tovoni undirişgan. Qölga kiritilgan pullarni esa özaro taqsimlab olişgan.

Masalan, 2024 yil 15 yanvar kuni soat 1:00 da Yaşnobod tumani, Tuzel qörğoni köçasida davlat raqami 01 L 368 AC bölgan Malibu hamda Tracker maşinalari iştirokida YTH bölgani haqida soxta hujjatlar tayyorlaşgan. Keyin uşbu hujjatlarni suğurta kompaniyasiga taqdim etişgan. Bu orqali Malibu haydovçisi foydasiga suğurta tovoni sifatida 13 mln 758 ming söm undirib olişgan.