Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yandex Uzbekistan Toshkentda svetofor taymerlarini navigatsiya xizmatlariga qo‘shdi
Yandex Uzbekistan Toshkentda real vaqt rejimida svetofor signallarini ko‘rsatish qamrovini uch barobarga kengaytirdi va navigatsiya xizmatlariga signal almashish taymerlarini qo‘shdi. Endi ma’lumotlar 300 dan ortiq svetofor uchun mavjud: haydovchilar joriy signaldan tashqari, uning qachon o‘zgarishini ham ko‘rishi mumkin.
Yangilanish Yandex Maps va Navigator ilovalarida, shuningdek, xizmatlarning Apple CarPlay va Android Auto versiyalarida ishlaydi. Ma’lumotlar real vaqt rejimida uzatiladi va haydovchilarga chorrahadagi vaziyatni oldindan bilish imkonini beradi.
Ushbu funksiya ayniqsa orqa hisob taymerlari o‘rnatilmagan svetoforlarda foydali bo‘ladi. Haydovchilar svetofor fazalari haqida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lib, stop-chiziq oldida harakatni aniqroq rejalashtirishi mumkin.
Loyiha Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ko‘magida amalga oshirildi.
«Haydovchilar uchun yo‘ldagi vaziyat haqidagi ma’lumotlar qancha ko‘p bo‘lsa, qaror qabul qilish shuncha osonlashadi. Navigatsiya xizmatlarida svetofor signallarining aks etishi haydovchilarga chorrahalarda yaxshiroq mo‘ljal olish va joriy vaziyatni hisobga olish imkonini beradi», - dedi Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev.
Kompaniya tomonidan o‘tkazilgan foydalanuvchilar tadqiqoti natijalariga ko‘ra, haydovchilarning 88 foizi navigatsiyada svetofor signallarini ko‘rsatish funksiyasidan faol foydalanadi. Shuningdek, ishtirokchilarning 63 foiziga ko‘ra, bu ma’lumot harakatni yanada bashorat qilinadigan qiladi. 48 foiz haydovchi o‘zini rulda xavfsizroq his qilishini, 51 foizi esa safarlar xotirjamroq kechishini ta’kidlagan.
Svetofor fazalari haqidagi ma’lumotlardan foydalanish manzilga yetib borish vaqtini ham aniqroq hisoblash imkonini beradi. Marshrut tuzishda o‘rtacha kutish vaqti emas, balki yo‘ldagi joriy vaziyat hisobga olinadi.
Toshkent Yandex Uzbekistan navigatsiya xizmatlarida svetoforning joriy signali haqidagi ma’lumotlar joriy etilgan ilk shaharlardan biriga aylandi. Kelgusida qamrovni kengaytirish va qo‘shimcha svetofor obektlarini tizimga ulash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 09.06.2026
Yandex Uzbekistan Top Employer 2026 maqomiga sazovor bo‘ldi
18:00 / 04.03.2026
ONA fondi va Yandex Uzbekistan og‘ir hayotiy vaziyatdagi ayol kurerlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushirdi
19:00 / 20.11.2025
Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova haqidagi “Diyora. Nozik yo‘l” xujjatli filmi yaratildi
15:00 / 23.10.2025