Top Employers Institute dunyoning 131 mamlakatida faoliyat yuritadi. Taşkilot kompaniyalarni kadrlar siyosati, mehnat muhiti, iqtidorli mutaxassislarni jalb qiliş, öqitiş va rivojlantiriş, xilma-xillik va teng imkoniyatlar, şuningdek, xodimlar farovonligi kabi yönalişlar böyiça ötkazilgan keng qamrovli baholaş natijalari asosida sertifikatlaydi.
Top Employers Institute boş direktori Adrian Seligman şunday dedi:
«Top Employer 2026 milliy sertifikatiga ega böliş Yandex Uzbekistan kompaniyasining barqaror biznes natijalariga xizmat qiluvçi zamonaviy va samarali mehnat muhitini şakllantirişga sodiqligini namoyon etadi. Biz mazkur kompaniyaning Özbekistonda mehnat madaniyatini rivojlantirişga qöşayotgan muhim hissasini e’tirof etişdan mamnunmiz».

Sertifikatlangan kompaniyalar eng yaxşi iş beruvçilarning global hamjamiyati bilan hamkorlik qiliş, şuningdek, inson resurslarini boşqariş sohasidagi ilğor amaliyotlar böyiça tahliliy ma’lumotlar va ekspert baholaridan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi.
Yandex Uzbekistan (Yango Group tarkibiga kiradi) — şahar mobilligi, köngiloçar xizmatlar, biznes uçun raqamli yeçimlar va sun’iy intellekt vositalarini qamrab olgan keng kölamli xizmatlarni taqdim etuvçi jadal rivojlanayotgan texnologik kompaniyadir. Kompaniya Özbekistonda kundalik hayot va biznes yuritiş uçun yanada qulay muhit yaratişga hissa qöşmoqda.
Yandex Uzbekistan mahalliy iqtidorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida IT sohasidagi ta’lim dasturlari va yoşlarga zamonaviy könikmalarni, jumladan, maşinali öqitiş texnologiyalarini özlaştiriş imkonini beruvçi taşabbuslarga sarmoya kiritmoqda. Şuningdek, kompaniya yoşlarni professional hamjamiyatlar bilan yaqin hamkorlik qilişga rağbatlantiradi.
Bundan taşqari, Yandex Uzbekistan inklyuzivlik tamoyillarini ilgari surib, öz xizmatlarini nogironligi bölgan insonlar uçun moslaştiriş böyiça ham tizimli işlar olib bormoqda.
Reklama huquqi asosida












