Fond har bir murojaat böyiça yordamni individual tarzda tanlaydi – masalan, yuridik maslahat taşkil etiş, oziq-ovqat yoki bolalar uçun zarur mahsulotlari xarid qilişda kömaklaşişi mumkin. Ariza topşiriş uçun havola orqali maxsus şaklni töldiriş lozim. Murojaat Yandex Go tomonidan 5 iş kuni davomida körib çiqiladi va talablarga mos kelgan taqdirda, fondga yönaltiriladi.

Dasturda Yandex Go içidagi «Taomlar», «Lavka» yoki «Yetkazib beriş» xizmatlari orqali buyurtmalarni bajarayotgan hamda xizmat qoidalarini buzmagan ayol kurerlar iştirok etişi mumkin. Yolğiz ona maqomini, nogironlik yoki oğir kasallik holatini tasdiqlaş uçun fond tegişli hujjatlarni söraşi mumkin. Dastur pilot loyiha şaklida amalga oşirilmoqda.

ONA fondi — nodavlat notijorat taşkilot bölib, oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan ayollar va bolalarni sifatli tibbiy xizmat, ta’lim va ijtimoiy himoya bilan ta’minlaşga kömaklaşadi. Yandex Uzbekistan uçinçi yildirki, ONA fondini qöllab-quvvatlab kelmoqda: xayriya safarlari va yetkazib beriş xizmatlarini taqdim etiş, şuningdek, alohida dasturlarni amalga oşirişda iştirok etiş orqali. Jumladan, kompaniya Özbekistondan bölgan iqtidorli bakalavriat va magistratura talabalari uçun ta’lim grantlarini yölga qöyişga kömaklaşdi. Kompaniya hissasi tufayli kontrakt tölovlari qoplandi va stipendiyalar ajratildi. 2023 yildan buyon fond faoliyatini qöllab-quvvatlaş uçun jami 357 million söm yönaltirildi.

«Yandex Uzbekistan imkon qadar köproq insonlarga rivojlaniş va daromad topiş imkoniyatini yaratişga intiladi. Uşbu missiya doirasida xizmatlarimiz şeriklarning turli ehtiyojlariga moslaştirib borilmoqda. Masalan, Taksi xizmati kar va eşitiş qobiliyati çeklangan haydovçilar uçun ulaniş va öqitişdan tortib, yölovçilar bilan özaro muloqotgaça bölgan jarayonlarni qamrab oladi. Amaldagi loyihalar va instrumentlarga qöşimça ravişda, biz ayol kurerlarni qöllab-quvvatlaş dasturini işga tuşirdik — u murakkab hayotiy bosqiçni yengilroq yengib ötiş uçun tayanç bölişga qaratilgan», — dedi Yandex Uzbekistan strategik rivojlaniş böyiça vitse-prezidenti Sardor Qodirov.

Reklama huquqi asosida